Safeer

Pul

Xodimlar va xarajatlar

Xodim turlari, arxivlash va o'chirish farqi, xarajatlarni tasdiqlash tartibi.

Xodim turlari

  • O'qituvchiGuruh olib boradi, davomat qo'yadi, imtihon yaratadi.
  • AssistentO'qituvchiga yordam beradi, davomat qo'ya oladi, o'z foizi bor.
  • StajyorFaqat ko'radi — o'rganish uchun. Hech narsa yoza olmaydi.
  • MenejerSiz bergan sahifalarni boshqaradi. O'z kabineti va oyligi bor.
  • Ofis xodimiResepshn, kassir, farrosh va boshqalar. Tizimga kirmaydi, lekin oyligi va KPI'si hisoblanadi.

Ishdan bo'shash: arxiv va o'chirish

ArxivlashButunlay o'chirish
QachonXodim ishdan bo'shadiXato yoki takror yozuv
TarixSaqlanadiYo'q qilinadi
Tizimga kirishYopiladi—
Keyingi oy oyligiOchilmaydi—
ShartHar doim mumkinFaqat hech qanday tarixi bo'lmasa

Nega o'chirish cheklangan

Oylik, KPI, xarajat va imtihon yozuvlari xodimga bog'langan. O'chirish ularni ham olib ketardi — to'langan oylik esa hisobotda qolishi kerak. Shuning uchun tizim tarixi bor xodimni o'chirmaydi va arxivlashni taklif qiladi.

Arxivlangan o'qituvchining o'tgan oygi puli keyin tushsa?

Uning o'sha oygi oyligiga qo'shiladi. Ishdan bo'shagani o'zi ishlagan pulni yo'qotmaydi.

Xarajatlar

  1. Menejer xarajatni yozadiSarlavha, summa, turkum, to'lov usuli (naqd / karta / o'tkazma) va sana. Bir filialli markazda buni direktor ham qiladi.
  2. Kutilmoqda holatida turadiSof foydaga hali kirmaydi, lekin hisobotda ko'rinadi.
  3. Direktor tasdiqlaydi yoki rad etadiFaqat direktor. Rad etilsa sababi yoziladi.
  • Ta'mirlashBino va jihozlarni tuzatish.
  • Kommunal to'lovlarSuv, gaz, elektr, internet.
  • Jihoz va materiallarDoska, marker, kitob, mebel.
  • IjaraBino ijarasi.
  • TransportYo'l xarajatlari.
  • OylikTizimdan tashqari to'langan mehnat haqi.
  • MarketingReklama, targ'ibot.
  • BoshqaYuqoridagilarga kirmagani.

To'lov usuli hisobotdagi «Kassa»ga tushadi

Ijarani bankdan o'tkazdingizmi, markerni naqdga oldingizmi — hisobotdagi «Kassa» kartasida shu ko'rinadi. U yerda oyliklar bilan xarajatlar birga turadi, chunki sandiq ularni ajratmaydi: bir kunda o'sha naqddan ham ijara, ham o'qituvchi to'lanadi. Kartada nimaga qancha ketgani alohida yozib qo'yilgan.

Faqat tasdiqlangani hisobga olinadi

Kutilayotgan xarajat kassaga tushmaydi — u hali markaz rozi bo'lmagan pul. Direktor tasdiqlagan zahoti o'z usuliga qo'shiladi.