Safeer

Pul

Hisobotlar

Moliya, talabalar, davomat va operatsion hisobotlar — har bir grafik nimani ko'rsatadi.

Moliya hisoboti

Oyning puli qayerdan kelib, qayerga ketgani. Yuqorida umumiy raqamlar, pastda ularning tafsiloti.

Hisobotlar · Moliya

Oylar bo'yicha daromad

27.1 mlnoktabrda yig'ilgan

Yig'ilganKutilgan

Ikki ustun orasidagi bo'shliq — o'sha oyning yig'ilmay qolgan qismi. Ular qanchalik yaqin bo'lsa, yig'im shunchalik yaxshi.

Oylar bo'yicha daromad. To'q ustun — **yig'ilgan** pul, ochiq ustun — **kutilgan**. Ikkalasining orasidagi farq — o'sha oyning yig'ilmay qolgan qismi; ustunlar bir-biriga qanchalik yaqin bo'lsa, yig'im shunchalik yaxshi.
  • Yig'ilganHaqiqatan qo'lga tushgan pul. Qisman to'lovlar ham shu yerda — faqat berilgan qismi hisoblanadi.
  • KutilganShu oy uchun yozilgan barcha hisoblarning summasi. Chegirmalar allaqachon ayrilgan.
  • QolganKutilgan minus yig'ilgan. Qarzdorlar ro'yxatidagi summa bilan bir xil.
  • Xodimlar xarajatiO'sha oyning oyliklari va tasdiqlangan bonuslari.
  • Operatsion xarajatIjara, kommunal, jihoz va boshqalar — faqat tasdiqlanganlari.
  • Sof foydaYig'ilgan minus ikkala xarajat. Kutilgan puldan emas, haqiqatan tushganidan hisoblanadi.

Tasdiqlanmagan xarajat

Sof foydaga kirmaydi, lekin hisobotda «kutilmoqda» deb alohida ko'rsatiladi — tasdiq kutayotgan pul borligini ko'rib turasiz.

Guruhlar bo'yicha daromad

Qaysi guruh qancha keltirayotgani. Har bir qatorda yig'ilgan, kutilgan va talabalar soni turadi.

Buni nimaga ishlataman?

Ikki savolga javob beradi: qaysi guruh kam to'laydi (yig'ilgan kutilgandan ancha past), va qaysi guruh kam talabali — ya'ni to'ldirilishi kerak yoki yopilishi.

Talabalar hisoboti

Hisobotlar · Talabalar

Ketish sabablari · so'nggi 6 oy

Ro'yxat eng ko'p uchraydiganidan boshlanadi — birinchi qator hozir eng ko'p talaba yo'qotayotgan sababingiz. Bitirganlar bu ro'yxatga kirmaydi.

Ketish sabablari. Ustunlar uzunligi — o'sha sabab bilan ketganlar soni. Ro'yxat eng ko'p uchraydiganidan boshlanadi, ya'ni birinchi qator — hozir eng ko'p pul yo'qotayotgan sababingiz.
  • O'sishOylar bo'yicha faol talabalar soni.
  • Guruhlar bo'yicha taqsimotQayerda ko'p, qayerda kam.
  • Ketish sabablariTalaba «Ketdi» qilinganda tanlangan sabab shu yerda yig'iladi.
  • O'qituvchi bo'yicha ajratish«O'qituvchidan norozi» sababini o'qituvchilar kesimida ko'rish mumkin.
  • Qancha vaqt o'qiganKetganlar necha oy o'qiganiga qarab bo'linadi — birinchi oyda ketish va bir yildan keyin ketish ikki xil muammo.

Bitirganlar bu ko'rsatkichga kirmaydi

Kursi tugagan yoki «maqsadga erishdi» deb belgilangan talaba yo'qotish hisoblanmaydi. Sinovdan keyin qolmagan bola ham alohida turadi. Aks holda ko'p bitirgan markaz «ko'p yo'qotayotgan» bo'lib ko'rinardi.

Davomat hisoboti

  • Umumiy davomat foiziMarkaz bo'yicha va guruhlar kesimida.
  • Kunlar bo'yichaQaysi kunlarda kelmaslik ko'payadi.
  • Ko'p qoldirayotganlar ro'yxatiTelefon qilish kerak bo'lganlar. Ikkala shart birga bajarilganda ro'yxatga tushadi: kamida 3 marta qoldirgan va darslarning 20 foizidan ko'pini.

Nega ikkala shart birga?

Faqat son bo'yicha filtr yigirmatadan uchtasini qoldirganni ham ro'yxatga tushiradi. Faqat foiz bo'yicha esa beshtadan ikkitasini — ya'ni ikki hafta shamollagan bolani.

Ikkalasi birga bo'lgandagina ro'yxat haqiqatan «bugun qo'ng'iroq qilish kerak» degan ro'yxatga aylanadi.

Operatsion hisobot

  • Xona bandligiHar bir xona haftada necha soat band. Bo'sh turgan xona — yangi guruh ochish imkoniyati.
  • O'qituvchi yuklamasiHar bir o'qituvchida nechta guruh va necha soat. Haddan ziyod band o'qituvchi — sifat tushishining birinchi belgisi.

Filtrlar

Har bir hisobotni oy, guruh va — ko'p filialli markazda — filial bo'yicha toraytirish mumkin. Filtrlar ro'yxati ma'lumotdan olinadi, ya'ni bo'sh natija beradigan variant ko'rinmaydi.