Pul
O'qituvchi oyligi
Belgilangan va foizli oylik, chegirmalarning ta'siri, KPI bonuslari va oylik tasdiqlash.
Oylikning ikki turi
- Belgilangan (fiks)Har oy bir xil summa. Nechta talaba borligiga ham, pul yig'ilgan-yig'ilmaganiga ham bog'liq emas.
- FoizliYig'ilgan puldan ulush. Foiz har bir guruh uchun alohida belgilanadi — o'qituvchi ikki guruhda ikki xil foizda ishlashi mumkin.
Fiks oylik kamayadimi?
Faqat bitta holatda: o'qituvchi kelmagani uchun dars bekor bo'lsa. O'sha kunning ulushi ayriladi.
Bayram yoki boshqa sabab fiks oylikka tegmaydi.
Assistentga ham foiz beriladimi?
Ha, guruhda assistentning o'z foizi bor va u o'qituvchinikidan alohida hisoblanadi.
Foizli oylik qachon hisoblanadi
Pul haqiqatan tushganda. To'lov belgilanmaguncha, o'sha talaba o'qituvchining oyligiga qo'shilmaydi.
Shuning uchun pulni qabul qilgan kuningizda darhol belgilang
Oila sentabr pulini oktabrda olib kelsa — belgilangan kuni o'qituvchining sentabr oyligi o'sha zahoti ko'tariladi va farqi keyingi to'lovga qo'shib beriladi. Belgilanmasa, o'qituvchi o'zi ishlagan pulni ko'rmaydi.
O'qituvchi ishdan bo'shagan, lekin o'quvchilari hali to'lamagan. Puli qayoqqa ketadi?
Unga tegishli bo'ladi. Pul keyin tushsa ham, u o'qitgan oyning oyligiga qo'shiladi — chunki o'sha oyni u o'qitgan.
Guruhning o'qituvchisi almashsa, o'tgan oylar kimga tegadi?
O'tgan oylar qotgan — kim o'qitgan bo'lsa, o'shaniki. Joriy oy va undan keyingilari yangi o'qituvchiga o'tadi.
Qisman to'lovda qancha oladi?
Yig'ilganga qarab: 600 mingdan 300 ming tushgan bo'lsa, foizining yarmini. Qolgani kelganda qolgani ham qo'shiladi.
Qaysi chegirma oylikni kamaytiradi
Talabaning to'lovini kamaytiradigan har bir sabab o'qituvchiga bir xil ta'sir qilmaydi.
Guruh oyligi
guruhning asosiy narxi
Talabaning ulushi 50%
ro'yxatga olishdagi chegirma
Bayram sababli 1 dars bekor
13 tadan 12 tasi o'tildi
Yutuq chegirmasi 10%
imtihonda birinchi bo'ldi
Talaba to'laydi
249 231
chegirmalardan keyin
O'qituvchi bazasi
300 000
bayram va yutuq chegirmasi ayrilmagan
O'qituvchi 40%
120 000
pul tushganda
To'liq jadval:
| Kamaytirish sababi | Talaba kam to'laydi | O'qituvchi ham kam oladi |
|---|---|---|
| Ro'yxatdagi foiz (50% va h.k.) | Ha | Ha |
| Oy o'rtasida qo'shilish yoki ketish | Ha | Ha |
| Bayram sababli bekor qilingan dars | Ha | Yo'q |
| O'qituvchi kelmagani uchun bekor | Ha | Ha |
| Boshqa sabab bilan bekor | Ha | Ha |
| Dars boshqa kunga ko'chirildi | Yo'q | Yo'q |
| Kelishilgan dars soni | Ha | Ha |
| Yutuq chegirmasi | Ha | Yo'q |
| Sinov davri | Hisob ochilmaydi | Oylik hisoblanmaydi |
Ikki qoidani eslab qolish yetarli
Bayram va yutuq chegirmasi o'qituvchining hisobidan chiqmaydi — ularni markaz o'z zimmasiga oladi. Qolgan hamma narsa ikkalasidan ham chiqadi.
KPI va bonuslar
- Bonus yoziladiMasalan «yangi guruh to'ldirdi» yoki «ochiq dars o'tkazdi». Menejer ham yoza oladi.
- Kutilmoqda holatida turadiBu bosqichda oylikka qo'shilmagan.
- Direktor tasdiqlaydi yoki rad etadiRad etilsa sababi yoziladi.
- Tasdiqlangani oylikka qo'shiladiXodimning o'sha oydagi umumiy summasiga kiradi.
Shablonlar
Tez-tez takrorlanadigan bonuslar uchun shablon yaratib qo'ysangiz, keyin har safar summa va matnni qaytadan terib o'tirmaysiz.
Oylikni to'lash va tasdiqlash
Oylikni qanday to'langan deb belgilayman?
Xodimlar oyligi ro'yxatidan «To'lash» ni bosasiz. Oynada qolgan summa allaqachon yozilgan turadi, usulini (naqd / karta / o'tkazma) tanlab tasdiqlaysiz.
Bonus ham shu summaga kiradi — bitta to'lov ikkalasini yopadi.
Avans berdim yoki oylikni ikki bo'lib to'layman — buni qanday yozaman?
Xuddi shu oynadan. Summani o'zingiz yozasiz, keyingi safar bergan pulingiz ustiga qo'shiladi. Qator «Qisman to'langan» bo'lib turadi va qolgan summa ko'rinib turadi.
Oy o'rtasida oylikdan ko'proq berish ham mumkin. Foizli o'qituvchining oyi 5-sanada deyarli nolga teng — chunki uning ulushi yig'ilgan pulning ulushi. Shuning uchun tizim avansni kesib tashlamaydi: ortiqcha qismi avans bo'lib turadi va oy o'sgani sari o'zi hisobdan chiqadi.
Naqd yoki karta — bu ham yoziladi
Oylik qanday berilgani ham saqlanadi. Hisobotlardagi «Kassa» kartasida oy davomida kassadan qancha naqd, qancha karta orqali chiqqani ko'rinadi. Ijara va boshqa xarajatlar bu yerga kirmaydi — ularning usuli hozircha so'ralmaydi.
Oylik to'langandan keyin summa oshib qolsa?
Bunday bo'ladi: kech tushgan to'lov foizli o'qituvchining o'tgan oygi ulushini ko'taradi.
Shunda qator qayta ochiladi va farqi «qolgan summa» bo'lib turadi. Berilgan pul yo'qolmaydi — keyingi to'lov ustiga qo'shiladi, ikkinchi marta to'lanmaydi.
Xodim oylikni olganini tasdiqlaydimi?
Ha, o'z kabinetidan. Agar keyin summa o'zgarsa, tasdiq bekor bo'ladi — u eshitmagan summani tasdiqlagan bo'lib qolmasligi kerak.
O'qituvchi o'z oyligini ko'radimi?
Ha — o'z kabinetida oyma-oy. Markazning moliyasini yoki boshqa xodimning oyligini ko'rmaydi.