Safeer

Kirish

Boshlash

Hisob ochish, tarif tanlash, akademiya kodi va birinchi qadamlar.

Hisob turi

Ro'yxatdan o'tishda ikki turdan birini tanlaysiz. Tanlov butun tizimning ko'rinishini o'zgartiradi, shuning uchun birinchi qadam shu.

RepetitorO'quv markaz
Kim uchunYolg'iz ishlaydigan ustozBir nechta o'qituvchi va menejer
DavomatO'zingiz qo'yasizO'qituvchi o'z kabinetida qo'yadi
Xodimlar bo'limiYo'qBor
FiliallarYo'qYuqori tarifda bor

Tur keyin o'zgartirilmaydi

Noto'g'ri tanlansa, ma'lumotlarni qaytadan kiritishga to'g'ri keladi. Shuning uchun tur alohida sahifada, alohida qadam sifatida so'raladi.

Akademiya kodi

Akademiya kodi — markazingizning qisqa nomi, masalan safeer. O'qituvchi va menejer tizimga kirganda foydalanuvchi nomi bilan birga shuni yozadi.

Kod qayerdan olinadi?

Ro'yxatdan o'tishda markaz nomidan avtomatik yasaladi. Uzun yoki noqulay chiqsa — dildora-tikuv-oquv-markazi kabi — sozlamalardan o'zgartirasiz.

Kodni o'zgartirsam, xodimlar kira oladimi?

Yangi kod bilan kirishadi, eskisi ishlamaydi. O'zgartirgandan keyin xodimlarga yangi kodni aytib qo'ying.

Qanday kod tanlashim mumkin?

Kichik lotin harflari, raqam va chiziqcha. Bo'shliq va harf ustidagi belgilar bo'lmaydi — kodni odam xabardan o'qib, telefonda terib kiritadi.

Platformaning o'ziga tegishli ba'zi so'zlar band, ular bo'sh bo'lsa ham berilmaydi.

Tarif va cheklovlar

Tarif Obuna sahifasidan tanlanadi va beshta narsani belgilaydi.

  • Talabalar soniGuruhga biriktirilgan faol talabalar chegarasi. Kutish ro'yxati bunga kirmaydi.
  • Telegram botOta-onalarga davomat va to'lov xabarlarini yuborish.
  • O'z brendlangan botXabarlar markazingizning o'z boti nomi bilan boradi.
  • FiliallarBir nechta manzilni alohida boshqarish.
  • Kengaytirilgan xodimlar bo'limiOfis xodimlari, KPI bonuslari va oylik jadvali.

Talabalar chegarasi to'lib qolsa nima bo'ladi?

Yangi talabani guruhga biriktirib bo'lmaydi. Ro'yxatga olishning o'zi cheklanmagan — kutish ro'yxatiga qo'shaverasiz.

Chegaraga yaqinlashganda oldindan ogohlantirish keladi, ya'ni to'satdan to'xtab qolmaysiz.

Birinchi kunlar: nima tartibda kiritiladi

Har bir qadam o'zidan oldingisiga tayanadi. Shu tartibda yursangiz, hech narsani qayta kiritmaysiz.

  1. Yo'nalishlarSozlamalardan fanlarni kiritasiz: «Ingliz tili», «Matematika». Guruh ham, kutish ro'yxati ham shularga tayanadi.
  2. XonalarDars o'tiladigan xonalar. Jadval tuzilganda band-bo'shligi shulardan hisoblanadi.
  3. O'qituvchilarOylik turi bilan birga: belgilangan summa yoki foiz.
  4. GuruhlarNomi, yo'nalishi, o'qituvchisi, oyligi va jadvali. Jadval aynan shu yerda kiritiladi.
  5. TalabalarBittalab qo'lda, yoki Excel fayldan bir yo'la. Avvaldan ishlayotgan markaz uchun ikkinchisi tezroq.
  6. To'lov kuniSozlamalardan markazning umumiy to'lov kunini belgilaysiz — yoki har bir talabaga alohida.

Avvaldan ishlayotgan markaz uchun

Talabalarni kiritayotganda guruhga qo'shilgan haqiqiy sanani yozing, bugungi sanani emas. Birinchi oyning to'lovi va o'qituvchining o'sha oydagi ulushi shu sanaga qarab hisoblanadi.

Kirish va parol

Xodim qanday kiradi?

Akademiya kodi, foydalanuvchi nomi va parol bilan. Uchtasini ham siz yaratasiz va unga aytasiz.

Parolimni unutsam?

Kirish sahifasidagi «Parolni unutdingizmi» orqali elektron pochtaga havola keladi.

Parol o'zgarsa nima bo'ladi?

Barcha qurilmalardagi sessiyalar yopiladi. Agar parolingizni kimdir bilib qolgan bo'lsa, uni o'zgartirish o'sha odamni o'sha zahoti tizimdan chiqaradi — bu himoyaning butun ma'nosi.