Safeer

Kundalik ish

Imtihonlar

Imtihon yaratish, ball qo'yish, tahrirlash oynasi va reyting.

Imtihon yaratish va ball qo'yish

  • O'qituvchi yaratadiO'zi o'qitadigan yoki assistent bo'lgan guruhlar uchun. Direktor va menejer hamma imtihonni ko'radi.
  • Maksimal ball belgilanadi50, 100 — qanchasi bo'lsa ham. Har bir talabaga shu shkalada ball yoziladi.
  • Natijalar foizga keltiriladiShuning uchun 50 ballik va 100 ballik imtihonlarni bemalol solishtirish mumkin.
  • Reyting foiz bo'yichaTurli guruh va turli imtihondagi natijalar bir ro'yxatda adolatli turadi.
  • Oylar bo'yicha trendGuruhning o'rtacha foizi va har bir talabaning o'z o'rtachasi — natija ko'tarilayaptimi yoki tushayaptimi.

Tahrirlash oynasi

Natija imtihon sanasidan boshlab 14 kun ichida o'zgartiriladi. Undan keyin qulflanadi.

Nega qulflanadi?

O'tgan natija keyinchalik o'zgartirilmasligi kerak. Ayniqsa natija chegirmaga bog'lansa, ochiq qolgan oyna — o'ynash imkoniyati.

Imtihon natijasi ota-onaga yuboriladimi?

Yo'q. Telegram orqali faqat ikki narsa yuboriladi: darsga kelmaganlik va to'lov eslatmasi. Sababi Telegram bo'limida tushuntirilgan.