O'quv markazda davomat nazorati
Davomat — o'quv markazdagi eng arzon va eng ko'p e'tibordan chetda qoladigan ma'lumot. U to'g'ri yuritilsa, uchta savolga bir vaqtda javob beradi: qaysi o'quvchi ketib qolish arafasida, o'qituvchi haqiqatda nechta dars o'tdi va ota-onaga qachon xabar berish kerak.
Daftardagi davomat nima uchun ishlamaydi
- Hech kim o'qimaydi. Belgi qo'yiladi, lekin undan xulosa chiqarilmaydi. Oy oxirida daftarni varaqlab «kim ko'p qoldirdi» deb hisoblaydigan odam yo'q.
- Kech xabar topiladi. O'quvchi 3 hafta kelmaydi. Direktor buni oy oxirida — o'quvchi allaqachon boshqa markazga yozilganda biladi.
- Ota-ona bexabar.Bola darsga kelmagan kuni uyda «darsdan keldim» deyishi mumkin. Ota-ona buni oy oxirida to'lov paytida biladi.
- Oylik hisobi bahsli. O'tilgan darslar soni bo'yicha dalil yo'q, shuning uchun har oy og'zaki kelishuv bilan hal qilinadi.
Safeer CRM'da davomat qanday ishlaydi
1. O'qituvchi darsdan keyin belgilaydi
O'qituvchi o'z portaliga telefonidan kiradi, bugungi darsni ochadi va ro'yxatni belgilaydi. Davomat markaz panelida emas, aynan o'qituvchida yuritiladi: darsda kim borligini faqat u biladi, va ma'lumot manbadan uzoqlashgani sari ishonchsizlashadi.
2. Kelmagan o'quvchining ota-onasiga xabar ketadi
Ota-ona Telegram bot orqali o'sha kuniyoq xabar oladi. Kelgan kunlar uchun xabar yuborilmaydi — bildirishnoma faqat istisno holatda kelsa, o'qiladi.
3. Direktor xavfni oldindan ko'radi
Ketma-ket dars qoldirayotgan o'quvchilar alohida ajratiladi. Bu ro'yxat bilan ishlash — ketishning oldini olishning eng arzon usuli: bir qo'ng'iroq ko'pincha yetarli bo'ladi. O'quvchi baribir ketsa, sababi yozib qo'yiladi va hisobotlarda «nega ketishyapti» degan savolga raqamli javob paydo bo'ladi.
4. Oylik hisobiga o'zi tushadi
O'qituvchi oyligi o'tilgan darslardan hisoblansa, tizim o'sha darslarni sanaydi — bahs uchun joy qolmaydi. Bekor qilingan darslar dars jadvalida belgilanadi va hisobga kirmaydi.
Ruxsatlar
O'qituvchi faqat o'z guruhlarining davomatini ko'radi va yuritadi. Yordamchi o'qituvchi ham belgilay oladi, stajyor esa faqat ko'radi. Kim qachon nimani o'zgartirgani harakatlar tarixida qoladi — «men bunday qo'ymagandim» degan suhbat tugaydi.
Ko'p beriladigan savollar
- Davomatni kim belgilaydi — administratormi yoki o'qituvchimi?
- O'qituvchi. Faqat u darsda kim borligini biladi, shuning uchun davomat o'qituvchi portalida yuritiladi va markaz panelida bunday sahifa umuman yo'q. Administrator davomatni ko'ra oladi, lekin darsdan keyin uni o'zgartirmaydi.
- Yordamchi o'qituvchi davomat qo'ya oladimi?
- Ha, yordamchi (assistent) davomatni belgilashi va tuzatishi mumkin. Stajyor esa faqat ko'radi — u hali guruh uchun javobgar emas.
- Dars bo'lmasa nima qilinadi?
- Dars bekor qilinsa, u davomatda emas, dars jadvalida belgilanadi. Shunda o'sha kun hech kimga qoldirilgan dars sifatida yozilmaydi va o'qituvchi oyligiga ham kirmaydi.
- Ota-onaga har kuni xabar boradimi?
- Yo'q. Xabar faqat farzandi darsga kelmagan kuni ketadi. Kelgan kunlar uchun xabar yuborilmaydi — aks holda ota-onalar bir haftada bildirishnomalarni o'chirib qo'yadi va haqiqatan muhim xabar ham yo'qoladi.
- Davomat oylik hisobiga qanday ta'sir qiladi?
- O'qituvchining oyligi o'tilgan darslardan hisoblansa, tizim shu darslarni sanaydi. O'quvchining to'lovi esa avtomatik kamaymaydi — qoldirilgan darslar uchun kamaytirish direktor bilan kelishilgan dars soni asosida qo'lda kiritiladi.
- Telefondan ishlaydimi?
- Ha, o'qituvchi portali telefon uchun mo'ljallangan — darsdan keyin bir necha bosishda davomat belgilanadi. Alohida ilova o'rnatish shart emas.
Davomatni bir hafta tizimda yuritib ko'ring — ketib qolish xavfi bor o'quvchilar birinchi haftadayoq ko'rinadi.
Yana o'qing
- O'quv markazlar uchun CRMTizim markazda nimalarni qamraydi — to'liq sharh
- Repetitorlar uchun CRMYakka o'qituvchi uchun bepul tarif
- CRM narxlariTariflar va qachon o'zini oqlashi
- To'lov va qarzdorlikQarzdorlar ro'yxati o'zi shakllanadi
- Excel o'rniga CRMQachon Excel yetmay qoladi va nima qilish kerak
- Telegram bildirishnomalarOta-onaga qaysi ikki holatda xabar boradi
- Filiallarni boshqarishDirektor va filial menejeri nimani ko'radi