Safeer
O'quv markazlar va repetitorlar uchun CRM

Safeer CRM — ta'lim safaringizning
ishonchli hamrohi

O'quvchini qabul qilishdan oylik hisobotgacha — guruhlar, dars jadvali, davomat, to'lovlar, xodimlar oyligi va ota-onalar bilan aloqa bitta joyda. Telefondan ham to'liq ishlaydi.

Ro'yxatdan o'tish bepul · 2 daqiqada sozlash

Safeer

01 — boshlanish

O'quvchini qabul qilish

Ariza va o'quvchi ma'lumotlari — bitta ekranda. Guruhga yoki navbat ro'yxatiga bir bosishda biriktirasiz.

02 — yo'l davomida

Guruh va davomatni yuritish

Dars jadvali, davomat va imtihon natijalari o'qituvchining o'zida — avtomatik yig'iladi.

03 — manzil

To'lov va o'sishni ko'rish

To'lovlar, qarzdorlik va oylik hisobot aniq raqamlarda. Ota-onaga Telegram xabari o'zi ketadi.

Kimlar uchun

Sizga mos rejimni tanlang

Yakka repetitormisiz yoki o'quv markazmi — Safeer ikkalasiga ham moslashadi

Yakka repetitor
Uy sharoitida yoki ijara xonada dars beryapsizmi — talaba, davomat va to'lovni o'zingiz boshqaring. Ortiqcha murakkabliksiz.
  • 15 talabagacha bepul, muddatsiz
  • Kim to'lagan, kim qarzdor — bir ekranda
  • Ota-onaga avtomatik Telegram xabari
Repetitor sifatida boshlash
O'quv markaz
O'qituvchi, menejer, xona va guruhlar ko'payganda daftar ishlamay qoladi. Safeer markazni to'liq ko'rsatib turadi.
  • O'qituvchiga alohida portal, menejerga cheklangan ruxsat
  • Xarajat, oylik, KPI va imtihon natijalari
  • Bir nechta filialni bitta hisobdan boshqarish
Markaz sifatida boshlash
Imkoniyatlar

Daftar, Excel va guruh chatlari o'rniga bitta tizim

Repetitor yoki markaz — kundalik ishlaringiz uchun to'liq boshqaruv

Talabalar

Talaba profili, guruhga biriktirish, ota-ona aloqasi. Guruh hali yo'qmi — talabani yo'nalish bo'yicha kutish ro'yxatiga oling.

Guruh va dars jadvali

Haftalik jadval, o'qituvchi va xona biriktirish. Bitta darsni bekor qiling yoki ko'chiring, seminar kabi bir martalik tadbir qo'shing.

Davomat

O'qituvchi telefonidan bir necha tegishda belgilaydi — keldi, kechikdi, kelmadi. Siz markaz bo'yicha real vaqtda ko'rasiz.

To'lovlar va qarzdorlik

Oylik to'lovlar, qisman to'lov, o'tkazib yuborilgan darslar uchun chegirma va kim qancha qarzdor — bitta ro'yxatda.

Xarajat va oylik

Markaz xarajatlarini kategoriya bo'yicha yuriting, o'qituvchi va xodimlar oyligini fiks yoki tushumdan foiz sifatida hisoblang.

Imtihon va KPI

Imtihon natijalari foizga keltirilib solishtiriladi — kim o'smoqda, kim orqada. Xodimlar uchun KPI va bonus hisobi.

Telegram bildirishnoma

Farzandi darsga kelmasa va to'lov vaqti kelsa — ota-onaga avtomatik xabar. Kerak bo'lsa qo'lda ham xabar yuborasiz.

Hisobotlar

Tushum va xarajat trendi, davomat, o'qituvchi yuklamasi, xona bandligi — va talabalar nega ketayotgani tahlili.

Rollar va filiallar

O'qituvchiga alohida portal, menejerga faqat kerakli sahifalar. Bir nechta filial bo'lsa — har biri alohida kesimda.

Nima uchun Safeer

Ishonch bilan tanlanadigan platforma

Repetitorlar va o'quv markazlar kundalik ishlarini xotirjam boshqarishi uchun

Pul yo'qolmaydi

Qarzdorlar ro'yxati o'zi shakllanadi, ota-onaga to'lov eslatmasi o'zi ketadi. Oy oxirida "kim to'lamagan edi?" degan savol qolmaydi.

Telefondan to'liq ishlaydi

Direktor ham, o'qituvchi ham amalda telefonda ishlaydi. Har bir sahifa kichik ekranga moslangan — kompyuter oldiga o'tirish shart emas.

Talaba nega ketayotganini ko'rsatadi

Har bir ketgan talabaning sababi yoziladi va hisobotga tushadi: narxmi, jadvalmi, o'qituvchimi yoki raqobatchiga o'tdimi. Taxmin qilish shart emas.

Ma'lumot sizniki va himoyalangan

Har bir markaz ma'lumoti alohida izolyatsiya qilingan. Kim nimani o'zgartirgani harakatlar tarixida qoladi — menejerga ishonch bilan ruxsat berasiz.

Qanday ishlaydi

Uch oddiy qadamda ishga tushing

Ro'yxatdan o'tishdan to'lovlarni boshqarishgacha — bir necha daqiqada

01

Ro'yxatdan o'ting

Repetitor yoki o'quv markaz sifatida tanlang. Email va parol bilan hisob yarating — 2 daqiqadan kam vaqt.

02

Guruh va talabalarni kiriting

Yo'nalish va guruh yarating, dars kunlarini belgilang, talabalarni biriktiring. Markazlar o'qituvchi va menejerni ham qo'shadi.

03

Kundalik ish tizimga tusha boshlaydi

O'qituvchi davomat belgilaydi, to'lovlar yoziladi, ota-onaga xabar ketadi. Siz esa hisobotlarda markaz qanday ishlayotganini ko'rasiz.

Narxlar

Soddadan yiriggacha — mos tarif bor

Repetitor sifatidami yoki o'quv markazi sifatida ishlaysizmi? Segmentni tanlab, tariflarni ko'ring

Start
149 000 so'm/oy
Yangi ochilgan yoki kichik markazlar uchun
Talabalar soni
60 tagacha
Menejer va xodimlar soni
5 tagacha
O'qituvchilar soni
Cheksiz
Guruhlar, jadval, davomat
To'lovlar kuzatuvi
Telegram bot (ota-onaga xabar)
"Safeer" belgisi bilan
Xodimlar KPI va bonuslar
Ish haqi (payroll) hisob-kitobi
Ko'p filial boshqaruvi
O'z Telegram botingiz (brend)
Ustuvor qo'llab-quvvatlash
Mashhur
Standart
299 000 so'm/oy
O'sib borayotgan o'quv markazlari uchun
Talabalar soni
180 tagacha
Menejer va xodimlar soni
12 tagacha
O'qituvchilar soni
Cheksiz
Guruhlar, jadval, davomat
To'lovlar kuzatuvi
Telegram bot (ota-onaga xabar)
"Safeer" belgisi bilan
Xodimlar KPI va bonuslar
Ish haqi (payroll) hisob-kitobi
Ko'p filial boshqaruvi
O'z Telegram botingiz (brend)
Ustuvor qo'llab-quvvatlash
Pro
379 000 so'm/oy
Bitta filialdagi yirik markazlar uchun
Talabalar soni
350 tagacha
Menejer va xodimlar soni
20 tagacha
O'qituvchilar soni
Cheksiz
Guruhlar, jadval, davomat
To'lovlar kuzatuvi
Telegram bot (ota-onaga xabar)
"Safeer" belgisi bilan
Xodimlar KPI va bonuslar
Ish haqi (payroll) hisob-kitobi
Ko'p filial boshqaruvi
O'z Telegram botingiz (brend)
Ustuvor qo'llab-quvvatlash
Biznes
690 000 so'm/oy
Yirik markazlar va tarmoqlar uchun
Talabalar soni
800 tagacha
Menejer va xodimlar soni
Cheksiz
O'qituvchilar soni
Cheksiz
Guruhlar, jadval, davomat
To'lovlar kuzatuvi
Telegram bot (ota-onaga xabar)
"Safeer" belgisi bilan
Xodimlar KPI va bonuslar
Ish haqi (payroll) hisob-kitobi
Ko'p filial boshqaruvi
O'z Telegram botingiz (brend)
Ustuvor qo'llab-quvvatlash

800 tadan ortiq talaba yoki maxsus ehtiyojlaringiz bormi? Individual shartlar uchun biz bilan bog'laning.

FAQ

Ko'p so'raladigan savollar

Safeer haqida bilishingiz kerak bo'lgan narsalar

Darslaringizni bugundan boshqarishni boshlang

Talabalar, guruhlar, davomat va to'lovlar — barchasi bitta joyda. Ro'yxatdan o'tish bir necha daqiqa vaqt oladi.

  • Karta ma'lumotisiz
  • 2 daqiqada sozlash
  • Repetitorlar uchun bepul tarif