Pul
To'lovlar
To'lov kuni, chegirmalar, qisman to'lov, naqd/karta hisobi, qarzdorlar va hisob qanday hosil bo'lishi.
Hisob qanday hosil bo'ladi
Har oy, har bir talaba va har bir guruh uchun bitta hisob ochiladi. U beshta bosqichdan o'tadi.
Guruh oyligi
guruhning asosiy narxi
Talabaning ulushi 50%
ro'yxatga olishdagi chegirma
Bayram sababli 1 dars bekor
13 tadan 12 tasi o'tildi
Yutuq chegirmasi 10%
imtihonda birinchi bo'ldi
Talaba to'laydi
249 231
chegirmalardan keyin
O'qituvchi bazasi
300 000
bayram va yutuq chegirmasi ayrilmagan
O'qituvchi 40%
120 000
pul tushganda
Ikkita raqam ataylab ajratilgan
Talaba to'laydigan summa va o'qituvchi foizi hisoblanadigan baza — bular boshqa-boshqa. Ba'zi chegirmalar ikkalasini ham tushiradi, ba'zilari faqat birinchisini.
To'lov kuni
- Markazning umumiy kuniSozlamalardagi «To'lov kuni» kartasiga bir marta yozasiz — hamma talabaga tegishli bo'ladi.
- Talabaning o'z kuniKartasidagi alohida maydon. U markazning umumiy kunidan ustun turadi.
- Hech narsa qo'yilmasaTalaba o'zi guruhga qo'shilgan kunda to'laydi.
«5-sana» degani sentabr uchun 5-sentabrmi yoki 5-oktabrmi?
5-oktabr. To'lov o'qilgan oydan keyingi oyga tushadi — ya'ni oy o'qib bo'lingandan keyin yig'iladi.
Markazning kunini o'zgartirsam, hamma talabaniki o'zgaradimi?
O'z kuni belgilanmaganlarniki o'zgaradi, o'z kuni bor talabalarniki o'zgarmaydi.
To'lanmagan va qisman to'langan hisoblarning muddati ko'chadi. Allaqachon to'langanlarga tegilmaydi — tarix o'zgarmaydi.
To'lov kunlari har xil markaz uchun
Markazning umumiy kunini bo'sh qoldiring va har bir talabaga o'z kunini yozing. Aks holda har xil kunlar bitta kunga yopishib qoladi.
31 deb qo'ysam, fevralda nima bo'ladi?
Sana avtomatik oyning oxirgi kuniga o'tadi — fevralda 28 yoki 29.
Chegirmaning uch xili
Farq — chegirmani kim ko'taradi. Bu o'qituvchining oyligiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi.
- Ro'yxatga olishdagi foiz«Guruh oyligining 50 foizini to'laydi». Talaba kam to'laydi va o'qituvchining foizi ham shu kamaygan summadan hisoblanadi — markaz bilan o'qituvchi birga ko'taradi.
- Yutuq chegirmasi«Imtihonda birinchi bo'ldi, 20% chegirma». Talaba kam to'laydi, lekin o'qituvchi to'liq summadan foiz oladi — markaz butunlay o'z hisobidan beradi.
- Kelishilgan dars soni«12 tadan 8 tasiga to'laydi». Talaba ham, o'qituvchi ham 8 ta darsga qarab hisoblanadi.
Rag'batlantirish uchun qaysi birini ishlatish kerak
Yutuq chegirmasini. U faqat markazning hisobidan chiqadi, ya'ni bolani mukofotlaganingiz uchun o'qituvchi zarar ko'rmaydi.
100 foiz yutuq chegirmasi bersam nima bo'ladi?
Talaba 0 so'm to'laydi va hisob o'zi yopiladi — qarzdorlar ro'yxatiga tushmaydi, ota-onaga eslatma bormaydi.
O'qituvchi esa to'liq summadan foizini oladi, chunki chegirmani markaz berdi.
Qisman to'lov
Aziza Karimova
Ingliz A1
600 000To'landiBekzod Rahimov
Ingliz A1 · 300 000 to'landi · 300 000 qoldi
600 000QismanDilnoza Tosheva
IELTS · guruh oyligining 50%
300 000Kutilmoqda
- Summani yozasiz«To'lov» tugmasini bosasiz — oynada qolgan summa allaqachon yozilgan turadi. To'liq to'lasa shundayligicha tasdiqlaysiz, qisman bo'lsa qo'lga olingan summani yozasiz.
- Keyingi safar ustiga qo'shiladiTo'liq yopilganda holat o'zi «To'landi» ga o'tadi.
- Qarzdorlarda faqat qolgan summa turadiOta-onaga boradigan eslatmada ham qolgan summa yoziladi — allaqachon berilgani qayta so'ralmaydi.
- O'qituvchi yig'ilganga qarab oladi600 mingdan 300 ming tushgan bo'lsa — o'z foizining yarmini. Qolgani kelganda qolgani ham qo'shiladi.
Naqd va karta
Har bir to'lovda uning qanday berilgani ham yoziladi: naqd, karta yoki bank o'tkazmasi. Bu bitta savolga javob beradi — oy davomida kelgan pulning qanchasi kassada, qanchasi kartada.
- Uchta tugmaTo'lov oynasida usul tanlanadi. Oxirgi tanlaganingiz esda qoladi, shuning uchun ketma-ket naqd qabul qilsangiz har safar qayta bosishingiz shart emas.
- Yarmi naqd, yarmi karta bo'lsaMuammo emas. Har bir to'lov alohida yoziladi, shuning uchun bitta oy ikki xil usulda yopilishi mumkin.
- To'lov tarixiTo'lov oynasining pastida o'sha oy uchun qachon, qancha va qaysi usulda kelgani ro'yxat bo'lib turadi. Ota-ona bilan «biz to'lagandik» degan bahsni shu ro'yxat yopadi.
- Bekor qilinsaPul qaysi usulda kelgan bo'lsa, o'sha usuldan qaytariladi. Yarmi naqd, yarmi karta bo'lgan oy bekor qilinsa, ikkalasidan ham o'z ulushi chiqadi.
Hisobotdagi «Kassa» kartasi nega «Yig'ilgan»dan farq qiladi
«Yig'ilgan» — shu oy uchun yozilgan hisoblardan qancha tushgani. «Kassa» esa — shu oyda qo'lingizga tekkan pul, qaysi oy uchun ekanidan qat'i nazar. Iyul to'lovi avgustda kelsa, u iyulning yig'ilganiga va avgustning kassasiga tushadi. Ikkalasi ikki xil savol, shuning uchun raqamlar mos kelmasligi normal. Kassaning chiqim tomonida oyliklar va tasdiqlangan xarajatlar birga turadi — sandiq ularni ajratmaydi, ijarani ham, o'qituvchini ham bir kunda o'sha naqddan to'laysiz. Kartada nimaga ketgani yozib qo'yilgan.
«Usuli yozilmagan» degani nima
Bu funksiya qo'shilgunga qadar kiritilgan to'lovlar. Ularni naqd deb yozib qo'yish noto'g'ri bo'lardi — kassada bo'lmagan pulni kassada ko'rsatgan bo'lardik. Yangi to'lovlarda usul so'raladi, shuning uchun bu ulush vaqt o'tishi bilan yo'qoladi.
Qarzdorlar
| Talaba | Guruh | Oy | Qarz |
|---|---|---|---|
| Bekzod Rahimov | Ingliz A1 | Iyul · muddati o'tgan | 600 000 |
| Dilnoza Tosheva | IELTS | Avgust · muddati o'tgan | 300 000 |
| Jasur Aliyev | Matematika | Sentabr | 450 000 |
Eng eski qarz birinchi turadi. Bir talaba ikki guruhda o'qisa, har biri alohida qator bo'ladi.
Bir talaba ikki guruhda o'qisa, qarzi qanday ko'rinadi?
Har bir guruh uchun alohida qator. Kimyo puli to'langan bo'lsa, u ro'yxatdan chiqadi; biologiya qarzi qolaveradi.
Qarzdorga xabar yubora olamanmi?
Ha, ikki yo'l bilan: avtomatik eslatma (muddatdan biroz oldin va muddat o'tganda) yoki qo'lda — «Ota-onalarga xabar» sahifasidan o'sha bitta oilaga yozasiz.