Safeer

Kundalik ish

Dars jadvali

Jadval qayerdan kiritiladi, ko'rinishlar, xona bandligi, bir martalik tadbirlar va dars bekor qilish.

Jadval qayerdan kiritiladi

Jadval guruh yaratishda yoki tahrirlashda kiritiladi. Dars jadvali sahifasining o'zida guruh yaratilmaydi — u faqat ko'rsatadi.

Nega shunday

Har bir sahifa faqat o'z sohasini yozadi. Jadval sahifasidan ham guruh yaratish mumkin bo'lsa, bir xil guruh ikki joyda ikki xil holatda paydo bo'lardi.

Bitta guruh har xil kunda har xil vaqtda bo'lsa?

Bo'ladi. Har bir kun uchun alohida vaqt, alohida davomiylik va alohida xona belgilaysiz. Masalan dushanba 14:00 — 2-xona, shanba 10:00 — 5-xona.

Ikki xil ko'rinish

Dars jadvali · Hafta

Dush

14:00

Ingliz A1

2-xona

Sesh

10:00

Matematika

1-xona

16:00

IELTS

3-xona

Chor

14:00

Ingliz A1

2-xona

Pay

16:00

IELTS

3-xona

Juma

10:00

Matematika

1-xona

Shan

09:00

3D dizayn

5-xona

Haftalik ko'rinish: ustunlar — hafta kunlari, kartalar — darslar. Bugungi kun ajratib ko'rsatiladi va sahifa ochilganda avtomatik o'sha kunga suriladi.
  • HaftaButun haftaning umumiy manzarasi. «Payshanba kuni nima bor?» degan savolga javob beradi.
  • Kun · xonaBir kunda qaysi xonada nima bo'layotgani. Bir vaqtda uch guruh dars qilsa, haftalik jadval buni ko'rsata olmaydi — kartalar bir-birining ustiga chiqadi. Bu ko'rinish esa xonalarni ustun qilib qo'yadi va hammasi ko'rinadi.

Xona bandligi

Xona band bo'lsa nima bo'ladi?

Tizim saqlashga qo'ymaydi va qaysi guruh o'sha vaqtda turganini aytadi.

Arxivlangan guruh xonani band qiladimi?

Yo'q. Yopilgan guruhning jadval yozuvlari tarix uchun saqlanadi, lekin xonani ushlab turmaydi — aks holda yopilgan guruh xonani abadiy egallab olardi va uni bo'shatishning yo'li bo'lmasdi.

Qaysi xona bo'sh turibdi — buni ko'ra olamanmi?

Ha, Hisobotlar → Operatsion bo'limida xona bandligi ko'rsatiladi.

Bir martalik tadbirlar

Seminar, ochiq dars, ota-onalar yig'ilishi — bularni jadvalga bir martalik tadbir sifatida qo'yasiz.

  • Aniq bir sanaga bog'lanadiKeyingi haftalarga takrorlanmaydi — guruh darsidan asosiy farqi shu.
  • Xona band qiladiGuruh darsi kabi, ya'ni seminar vaqtida o'sha xonaga dars qo'yilmaydi.
  • Davomat va to'lovga tegmaydiBu dars emas — hisob ochilmaydi, o'qituvchi oyligiga qo'shilmaydi.

Dars bo'lmasa

Jadvaldan o'sha darsni bekor qilasiz va sababini tanlaysiz, yoki boshqa kunga ko'chirasiz. Sabab muhim — u pulga boshqa-boshqa ta'sir qiladi.

Nima bo'ldiTalabaO'qituvchi
BayramTo'lamaydiOyligi kamaymaydi — markaz ko'taradi
O'qituvchi kelmadiTo'lamaydiOyligi kamayadi
Boshqa sababTo'lamaydiOyligi kamayadi
Boshqa kunga ko'chirildiO'zgarmaydiO'zgarmaydi

Bir necha kunni birdan belgilash

Bayram bir necha kun davom etsa, ularni bitta oynada bir yo'la belgilash mumkin — har bir kunni alohida ochib o'tirmaysiz.